Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Ogahiy mahallasi Navoiy ko‘chasi 48-uy

blog
  • O'quvchilarga / Yangiliklar / E'lon va tadbirlar
  • 4-11-2025, 19:00

“Raqamli avlod qizlari” loyihasiga start berildi!

Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida “Raqamli avlod qizlari” loyihasiga tantanali tarzda start berildi. Mazkur loyiha 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar va faol ayollarni birlashtirib, ularning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oya va startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Loyiha doirasida ishtirokchilar mamlakatimizda mavjud muammolarni texnologik yechimlar orqali bartaraf etish, raqamli sohada o‘z o‘rnini topish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, tanlov jarayonida ilg‘or fikrli qizlarimiz va ayollarimiz tomonidan taqdim etilgan startap g‘oyalari mutaxassislar tomonidan baholanib, eng istiqbolli loyihalar amaliyotga tadbiq etiladi.
“Raqamli avlod qizlari” tashabbusi nafaqat yoshlarning ijodkorligini va tashabbuskorligini oshiradi, balki ularni zamonaviy texnologiyalar olamida faol, bilimli va yetakchi avlod sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Ogahiy mahallasi Navoiy ko‘chasi 48-uy
  • +998 (99) 427-57-30
  • zafarnurulla1986@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili