Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati respublikada eng yuqori natijani qayd etib, yetakchi hududlar qatoridan joy oldi.
Yangiariq tumani 18-maktab o‘quvchisi Rashidbekov Odomboy Bunyodbek o‘g‘li ham kurslarni muvoffaqiyatli yakunlab g‘oliblar safidan o‘rin egalladi. G‘olib o‘quvchiga COURSERA platformasining professional kurslarida bepul o‘qish imkonni beruvchi VOUCHER hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining 2026 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra o‘quvchilarimiz yanada yuqori natijalar ko‘rsatishiga ishonch bildiramiz.

