HASHAR – ELGA YARASHAR
⭐️Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam.
🟢Shu munosabat bilan Yangiariq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Shu bilan birga, tuman MMTB boshlig'i D. Kuvakov boshchiligida barcha maktab direktorlari 13-son umumta'lim maktabi hududida tashkil etilgan hasharda faol qatnashdilar
🌴Hashar davomida maktab bog'iga turli mevali va manzarali ko'chatlar ekildi, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi.
➡️O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida barcha ta'lim tashkiloti hududlari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
