V “USTOZLAR MILLIY FORUMI” — TAJRIBA, IZLANISH VA YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI
Yangiariq tumanida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi” doirasidagi sho‘ba mashg‘ulotlari boʻlib oʻtdi.
➡️ Forumning 10 ta sho‘ba yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda 390 nafar pedagoglar ishtirok etib, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va samarali metodikalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
Mashg‘ulotlar jarayonida ustozlar o‘zaro tajriba almashib ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan samarali yechimlarni muhokama qildilar.
