Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi umumta'lim maktablarining informatika fani o'qituvchilari uchun “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminarda sun’iy intellekt haqida, uning ijobiy va salbiy tomonlari aytib o'tildi.
Hozirgi kunda Kiberjinoyatlar olamida sun'iy intellektdan foydalanib qilinayotgan moliyaviy jinoyatlar va sun'iy intellekt orqali bo'ladigan kiber jinoyatlardan qanday himoyalanish to'g'risida muhim tushunchalar berildi.
“Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusidagi seminarlar kaskad uslubida maktablarda davom etadi.




